08:34 / 06.09.2025
27 993

Mirziyoyev va Tramp telefon orqali muloqot qildi

 


 5-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.


Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda energetika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va ta’lim sohalaridagi istiqboliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xavfsizlik yo‘nalishida terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


 Tomonlar o‘rtasida 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgani qayd etildi. Tramp O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Madaniy-gumanitar hamkorlikda AQSh universitetlari filiallari va almashinuv dasturlari ahamiyati alohida ta’kidlandi.


 Qiziqarli jihat sifatida Tramp O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga jahon chempionatida omad tiladi.


Yakunda tomonlar yuqori darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Prezident Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing