09:04 / 28.08.2025
775

Prezident Mirziyoyev 523 kishini afv etdi

 


Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34-yilligi arafasida jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh shaxslarga afv to‘g‘risida farmon imzoladi. Farmon o‘z aybini tan olgan va tuzalish yo‘liga kirgan shaxslarga nisbatan qabul qilingan.


Jami 523 kishi afv etildi:

– 195 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi,

– 147 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda,

– 87 nafari jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi,

– 94 nafari ozodlikdan mahrum qilish muddati qisqartirildi.


 Afv qilinganlar orasida:

– 45 nafar ayol,

– 31 nafar 60 yoshdan oshgan shaxs,

– 220 nafar 30 yoshgacha bo‘lganlar (jumladan 1 voyaga yetmagan),

– 8 nafar xorijiy fuqaro (6 nafar Tojikiston, 1 nafar Syerra-Leone fuqarosi),

– 15 nafar ilgari taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etgan shaxs bor.


 Afv etilganlar prokuratura va tegishli idoralar tomonidan yashash joylariga yetkaziladi, xorijiy fuqarolar esa o‘z mamlakatlariga deportatsiya qilinadi. Ozod qilinganlar profilaktika va sinov daftariga joylashtiriladi.


 Ularga bir martalik moddiy yordam, zarur hollarda tibbiy ko‘rik va davolanish, ishga joylashish, kredit va subsidiyalar olish, fuqarolik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda pensiya ta’minotida ko‘mak ko‘rsatiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing