10:40 / 11.08.2025
4 372
O'qishni ko'chiruvchilar uchun imtihon sanalari aniq bo'ldi
12–13-avgust kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
Bu jarayon orqali talabalar xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Ruxsatnomalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali olinadi va unda imtihon joyi, sanasi hamda vaqti ko‘rsatiladi. Talabgorlar pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtda imtihon binosida bo‘lishi shart. Kasbiy (ijodiy) imtihonda qatnashganlar ona tili, matematika va tarix fanlaridan test sinovlarida ham ishtirok etishi kerak, aks holda kasbiy imtihon ballari hisobga olinmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

2025/2026 oʻquv yili uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

Xususiy OTMlarga 4%lik yangi yig‘im belgilangani yuzasidan rasmiylarga deputat so‘rovi yuborildi

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi