13:15 / 08.08.2025
4 166

 “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” – Alisher Qodirov

 


“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov J.Lo konsertidan so‘ng o‘z fikrini bildirdi:


Jennifer Lopezning ochiq kiyinishini tanqid qilmaslik – uning tanlovi va bilet olganlar huquqi. Xuddi shunday, ro‘mol o‘rash huquqiga ham daxl qilmaslik kerak. Pasport fotosuratida ayollarni ro‘molini yechishga majburlash to‘xtatilishi lozim. Identifikatsiya uchun yuz ochiq bo‘lishi talab qilinadi, soch emas.



O‘zbekiston dunyoviy davlat va barcha millat hamda qarash vakillari qonunga rioya qilgan holda erkin yashashi kerak.



Pivo ichish – shaxsiy tanlov, lekin reklama qilish qonunan taqiqlangan. Qonunlarni parlament o‘zgartirishi mumkin, ammo bu xalq vakolatiga bog‘liq.



  • Hammaning huquqi teng, hech kim kamsitilmasligi kerak.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing