10:09 / 22.07.2025
19 709

O‘zbekiston kuz-qish mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda

 


21-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasi va kuz-qish mavsumi oldidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.


Asosiy yo‘nalishlar:

 Gaz va energiya zaxirasi yaratilyapti

 Yangi IES va GESlar qurilishi davom etmoqda

 Issiqlik stansiyalarining barqaror ishlashi uchun ehtiyot qismlar va yoqilg‘i zaxirasi jamlanmoqda


Muhim loyihalar:

–  Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ustyurt konlarida neft qazib olish bo‘yicha kelishuv

–  Tallimarjon va Sirdaryoda jami 2 638 MVtli yangi IES qurilmoqda

– Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 162 MVtli yangi GESlar ishga tushiriladi

–  Issiqlik stansiyalari uchun butlovchi qismlar zaxirasi shakllantirilmoqda


Yangi quvvatlar yillik hisobda 20 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing