Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma joriy qilinishi mumkin
O‘zbekistonda avtomobillarni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish imkoniyati yaratilishi mumkin. IIV bu borada hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Elektron ruxsatnoma qanday olinadi?
– Davlat xizmatlari markazlari, my.gov.uz portali va YHXX mobil ilovasi orqali onlayn tarzda ruxsatnoma so‘raladi.
– Bu tartib Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq ayrim huquqbuzarliklarga tatbiq etiladi.
– Ammo litsenziyasiz yo‘lovchi tashish holatlarida bu xizmatdan foydalanib bo‘lmaydi.
Xizmat qanday ishlaydi?
– Fuqaro DXMga borib yoki onlayn tarzda ariza topshiradi.
– Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
Ariza ko‘rib chiqish muddati:
– Ariza bir ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
– YHXX tomonidan ariza qabul qilingani haqida bildirishnoma avtomatik yuboriladi.
Tekshiruv va qaror:
– Jarima maydoniga qo‘yish sababi va boshqa huquqbuzarliklar o‘rganiladi.
– Ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinadi.
Ruxsatnoma berish:
– Ruxsatnoma DXMga yoki fuqaroning elektron manziliga bir ish kuni ichida yuboriladi.




