12:39 / 04.07.2025
49 009

"Anorbank” egasi Qahramonjon Olimov Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

 


 Fransiyaning mashhur Le Monde nashri bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, “Anorbank” kuzatuv kengashi a’zosi va bankning 95,1% aksiyalariga egalik qiluvchiQahramonjon Olimov Parijda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.


 Hodisa tafsilotlari:

– 48 yoshli Olimov Nitssa yaqinidagi xususiy uyning yerto‘lasida ushlab turilgan;

– Jinoyatchilar tovon puli talab qilgan va uning bir qismi to‘langanidan so‘ng, Olimov ozod etilgan.


 Huquqiy jarayonlar:

– Hodisa yuzasidan Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;

– Bir nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov ishlari davom etmoqda.


Voqea tafsilotlari yuzasidan Fransiya va xalqaro OAVlar kuzatuvda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston tomoni hozircha rasmiy bayonot bermagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing