18:43 / 23.06.2025
67 997

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyati tartibga solindi

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kuryerlarning faoliyat yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilandi.


Yangi tasdiqlangan nizomga ko‘ra, kuryerlar tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxslar sifatida, tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmati operatorlari bilan shartnoma asosida faoliyat olib boradilar.


 Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha talablarga ko‘ra:


  • Kuryer foydalanayotgan transport vositalari va termokonteynerlar toza va soz holatda bo‘lishi;
  • Ushbu vositalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinishi shart.



 Kuryerlar uchun taqiqlangan holatlar:


  • Yetkazilayotgan tovarlarning qadog‘ini ruxsatsiz ochish;
  • Xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va buyurtma tafsilotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilish.



Mazkur tartib kuryerlik xizmatlarining sifatini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing