Blogerlar qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida bir nechta mashhur blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan bukmekerlik xizmatlari reklama qilingan holatlar aniqlandi. Jumladan, “Melbet” bukmekerlik brendi reklama qilingan video materiallar aniqlangan.
Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan blogerlar:
- Shodiyev Jasurbek G‘ulomjon o‘g‘li (jasjannew);
- Normamatov Dadabek Baxrom o‘g‘li (allme.uzz);
- Raxmatov Sherxon Lutfullo o‘g‘li (sherxon.zdss);
- Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar o‘g‘li (hojiakbar_ku).
Raqobat qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy choralar ko‘rdi va hujjatlarni sud organlariga taqdim etdi.
📌 Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan faoliyatni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday harakatlar qonuniy javobgarlikka olib keladi.




