07:25 / 19.06.2025
349

Boysundagi archazorda ro‘y bergan yirik yong‘in 13 soatdan ko‘proq vaqt ichida o‘chirildi

 


 Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi archazorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. 17-iyun kuni soat 17:45 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq o‘tlar yonganligi haqida xabar kelib tushgan.


 Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga tezda yetib borgan.

– Viloyat FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib va 4 ta texnika;

– O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan 40 nafar xodim va 4 ta texnika;

– IIBdan 6 nafar xodim;

– Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bir dona harbiy vertolyot;

– Mahalliy aholidan 40 nafar ko‘ngilli yong‘in bartaraf etishga jalb qilindi.


Tezkor choralar:

Yong‘in o‘chog‘ini monitoring qilish uchun Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz uchish vositalaridan ham foydalanildi.


 Bartaraf etish jarayoni:

Natijada, 3 gektar maydondagi yong‘in o‘chog‘i 18-iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etildi va keng maydonlarga tarqalishining oldi olindi. Yaxshi tashkil etilgan harakatlar tufayli yong‘in tezda o‘chirilgan va yirik zarar yetkazilishi oldi olingan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing