Joriy yilning 10–16-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
🔷Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔷Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
🔷Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔷Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔷Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida hamda Angren, Olmaliq shaharlari;
🔷Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔷Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔷Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida hamda Xonobod shahrida sel va suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
🔷Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni, shuningdek, ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiramiz.
🔷Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu holat ayrim hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.