2025-yil 30-iyundan Rossiyaga kirayotgan chet el fuqarolari uchun QR-kod talab etiladi
2025 yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va *QR-kod* olishi shart bo‘ladi.
QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
* shaxsiy kabinet yaratish;
* fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash;
* Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish kerak.
Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.
Agar kelish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.
Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi:
* Belarus fuqarolari;
* 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
* viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart.




