17:37 / 06.05.2025
12 776

Pulli avtoturargohlar 2025-yilda Toshkent budjetiga qariyb 120 mlrd so‘m daromad keltirishi kutilmoqda

 


Streetpark Systems parking operatori avtoturargohlar tashkil etiladigan yerlarni ijarasi uchun 63 mlrd so‘m, shuningdek, Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yana 55 mlrd so‘m to‘laydi.


Jarimalardan keladigan daromad yiliga o‘rtacha 44 mlrd so‘mni tashkil etadi. 2025-yilda soliq to‘lovlari uchun 8,5 mlrd so‘m, Poytaxt Parking mobil ilovasidan foydalanishga yana 9 mlrd so‘m sarflanadi.


Streetpark Systems ikki yilda texnik jihozlash va infratuzilmani rivojlantirishga kamida $10 mln investitsiya kiritishi kerak. Mablag‘lar mobil ilovani yaratish va qo‘llab-quvvatlash hamda avtoturargohlar nazoratini tashkil etishga yo‘naltiriladi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing