Toshkentdagi birinchi yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlari 8-maydan ishga tushadi
Streetpark Systems birinchi bosqichda 30-maygacha poytaxtning 6 ta sinov ko‘chasida dastlabki pulli avtoturargohlarni ishga tushirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Ular qatorida Amir Temur xiyoboni, Mirobod, Shahrisabz, Istiqbol va Zarafshon ko‘chalari bor. Hozirda bu hududlarda tayyorgarlik, jumladan, obodonlashtirish, asfalt yotqizish, yo‘l belgilarini o‘rnatish va maxsus chiziqlar chizish ishlari olib borilmoqda.
Ikkinchi bosqichda 30-iyungacha poytaxtning yana 30 ta ko‘chasida pulli yo‘l bo‘yi avtoturargohlari paydo bo‘ladi, iyul oyi oxirigacha esa 13 208 ta to‘xtash joyiga mo‘ljallangan nuqtalar barcha 86 ta ko‘chani qamrab oladi.
Qoidabuzarliklar uchun hozircha jarima belgilanmaydi, to‘lovlar bo‘yicha Poytaxt Parking mobil ilovasi joriy hafta oxirigacha ishga tushishi kutilmoqda.




