Toshkent viloyatida bolalar bogʻchasi tomiga kran qulab tushdi
Toshkent viloyatidagida bogʻchaning tom qismiga koʻtarma kranning oʻqi (strela) qulab tushdi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.

Toshkent viloyatidagida bogʻchaning tom qismiga koʻtarma kranning oʻqi (strela) qulab tushdi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 25-mart kuni taxminan soat 19:10 da Yangiyoʻl shahrining “Baxt” mahallasida joylashgan 5-sonli bolalar bogʻchasida sodir boʻlgan. Oqibatda bogʻcha binosining tom qismi shikastlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga yomgʻir sabab boʻlgan.
Voqea joyiga yetib borgan FVV xodimlari kran strelasini demontaj qilish ishlarini amalga oshirgan.
Taʼkidlanishicha, qurilish tashkiloti tomni taʼmirlash ishlariga kirishgan boʻlib, masʼullar uch kun ichida tiklash ishlarini yakunlashga vaʼda bergan.
Hozirda bolalar bogʻchasi faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.




