
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 20-fevral kuni soat 18:02 da Yangi Naynavo mahallasi hududidagi propan “zapravka”da yuz bergan. FVB yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 18:13 da yetib borgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida yongʻin kelib chiqmagan. Portlash vaqtida oʻsha yerda boʻlgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda hodisa sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi.

Qashqadaryodagi “zapravka”da mashina yonib ketdi

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi

Qibraydagi supermarket va osh markazida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

Hazoraspdagi kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi