16:42 / 20.02.2025
29 199

“Botanika bog`lari”ning hududini begonalashtirish taqiqlanmoqda UzNur.uz

“Botanika bog`lari”ning hududini begonalashtirish taqiqlanmoqda


 

Senatning navbatdagi majlisida “Er uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun ko`rib chiqildi.

Qonun bilan:

 madaniy hordiq maskanlari hududlarini saqlab qolish uchun mustahkam huquqiy asos yaratish; 

 sayilgoh, xiyobon, bog`lar hududi, ularda ekilgan daraxtlar muhofazasini kuchaytirishga, bino va inshootlar qurilishining oldini olish;

 “botanika bog`lari”ni, uning erlarini begonalashtirish, hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirishni taqiqlashga xizmat qiluvchi normalar kiritilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Botanika bog'i, begonalashtirmaslik, qonun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing