17:14 / 16.12.2025
1 785

Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultanov O‘zbekiston Prezidentning energiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

U ushbu lavozimni 2025 yilning iyulidan dekabriga qadar egallagan edi. Bungacha esa u respublika Prezidentning energiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2013–2018 yillarda Alisher Sultanov “O‘zbekneftgaz” tizimida rahbarlik lavozimlarida ishladi. 2019–2022 yillarda esa Energetika vazirligini boshqargan.

1967 yilda tug‘ilgan Alisher Sultanov texnika fanlari doktori bo‘lib, 1989-yilda A. F.Mojayskiy nomidagi Harbiy-kosmik akademiyani tamomlagan. 1990-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Amaliy fizika institutida ishlagan va tashkilotchi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Keyinchalik neft va gaz sohasiga o‘tib, “O‘zbekneftgaz”ning yirik obyektlarini, jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini nazorat qilish, xaridlar va qurilish ishlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan. 1999–2013-yillar davomida u Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilish boshqarmasini boshqargan va keyinchalik ushbu majmua direktori lavozimida ishlagan.


Alisher Sultanov, O‘zbekiston Prezidenti, Energiya xavfsizligi, O‘zbekneftgaz tizimi, Sho‘rtan majmuasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing