18:35 / 16.12.2025
1 619
Beloous JCH-2026 formatini tanqid qildi va guruhlar haqida gapirdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq vitse-prezidenti Yuriy Beloous 2026 yilgi jahon chempionati formatiga munosabat bildirdi. U guruh bosqichi uchrashuvlari boshlanishidan oldin ham qaysi jamoalar pley-offga chiqishi taxminan ma'lum bo'lib qolishini ta'kidladi.
«Ha, e'tibor berdim: ishtirokchi jamoalar soni juda ko'payib ketdi. Endi hatto “o'lim guruhi” degan iborani ham ishlatib bo'lmaydi.
Chunki guruhlarda futbol yo'nalishini belgilab beradigan jamoalar bo'lmagan bir qator terma jamoalar bor. Shuning uchun hozirdanoq qaysi jamoalar guruhdan chiqishi kerakligi aniq», dedi Beloous.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati ilk bor uch mamlakatda — AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. Turnirda rekord miqdorda, ya'ni 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Yuriy Beloous, Jahon chempionati, O'lim guruhi, AQSH Meksika, Terma jamoalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
JCH–2026: Argentina tushgan guruh mutlaq «o‘lim guruhi» deb topildi
JCH-2026 qur’asi e’lon qilindi: O‘zbekiston «ajdarlar guruhi»ga tushdi
JCH-2026 qur’asi e’lon qilindi: O‘zbekiston «ajdarlar guruhi»ga tushdi
Yevropa pley-off qur’asi mundialga intriga qo‘shdi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza