18:30 / 16.12.2025
1 477

O‘zbekiston Yevropaga 633 ta konteyner jo‘natdi


2025 yil boshidan buyon O‘zbekiston Italiya, Gretsiya, Turkiya, Bolgariya, Shveytsariya va boshqa Yevropa davlatlariga 633 ta yuk konteynerini jo‘natdi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lkonteyner" ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 633 konteynerning 380 tasi Sergeli stansiyasidan, 228 tasi Nazarbekdan, 25 tasi esa Asaka stansiyasidan yuborilgan. O‘zbekiston yuklari asosan Turkmanboshi portidan Yevropa davlatlariga yetkazilmoqda.

Ushbu yuklar tarkibida mineral o‘g‘itlar, kaliy, karbamid, alyuminiy va mis bo‘lgan 18 ta konteyner poyezdi Yevropaga yo‘naltirilgan. "O‘ztemiryo‘lkonteyner" kompaniyasi ma’lum qilishicha, ushbu yuk tashishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning temir yo‘llar tarmog‘ini tezkor taraqqiy ettirish bo‘yicha topshirig‘i doirasida amalga oshirilmoqda.


O'zbekiston Respublikasi, Yevropa davlatlari, Mineral o'g'itlar, Temir yo'llar, Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing