10:42 / 25.01.2025
495 194
Avtomobilni takroran mast holda boshqargani uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Senatorlar ushbu mazmundagi qonunni ma’qullab, bunday holatda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llaniladi
Qonunga ko‘ra, transport vositasini mast holda boshqarganlik uchun belgilangan jarima bazaviy hisoblash miqdori 40 baravar (15 mln so’m) etib belgilandi. Bunga qadar 25 baravar edi.
Ushbu holat takroran sodir etilganda, haydovchi jinoiy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonun imzolash uchun Prezidentga yuborildi.
ozodlikdan mahrum qilish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
Endi milliy haydovchilik guvohnomalarini yagona darchadan olishingiz mumkin
Qozog‘iston Prezidenti narkotik moddalar ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Qonun talablarini buzgan Qarshi shahri hokimi javobgarlikka tortildi
Uy qamog‘idagilarni nazorat qilish uchun elektron braslet ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi