12:25 / 08.08.2025
4 236

Fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firma jarimaga tortildi

 


 “Adworld Group” MChJ litsenziyasiz xorijda ish o‘rinlarini reklama qilgani va fuqarolardan pul olgani uchun 112,5 mln so‘m jarimaga tortildi.


 Aniqlangan holatlar:


  • Instagramda Chernogoriya, Serbiya, Angliya, Litva, Norvegiya, Ummon va Yaponiyada ish o‘rinlari reklama qilingan.
  • “Konsalting xizmati” nomida ishga joylashtirish taklif etilgan.
  • Blogerlar orqali targ‘ibot qilingan, natijada ko‘plab fuqarolar aldangan.


 Jarima kompaniya tomonidan to‘lanmagani sabab sud orqali undirilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing