17:46 / 17.07.2025
112 346

Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pora olgan IIB xodimi qo‘lga olindi

 


 Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining patrul-post xizmati inspektori Navoiy viloyatida yashovchi tanishiga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan.


 U tanishini davlat imtihonidan “muvaffaqiyatli o‘tkazib”, evaziga 1500 AQSh dollari va 1 mln 900 ming so‘m olishga kelishgan.


 DXX Toshkent shahar boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor porani olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


Holat yuzasidan unga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing