Noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent — Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi.
– Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. U yerdan 16 249 dona “Zardeks” dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Aniqlanishicha, bu dori vositalari Telegram orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumanidagi xufiya joyga qoldirilgan. Sotuvdan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berilishi kerak bo‘lgan.
– Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
– Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Rasman: Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash davom etadi.




