09:28 / 02.06.2025
25 584

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilari pora bilan ushlandi

 


“Xalq banki”ning O‘zbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.


Shuningdek, “Xalq banki” O‘zbekiston BXM mansabdor shaxslari, O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 2 nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MCHJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln so‘m miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham ma’lum bo‘ldi. 




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing