Fargʻonada bank mansabdorlari ehtiyojmand oilalarning pullarini oʻzlashtirib yubordi
Fargʻonada bank mansabdorlari byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirgani aniqlandi.
“Xalq banki” Qoʻqon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
104 million soʻm talon-taroj qilingan
Xususan, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy taʼminoti “IABS”dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln. soʻm moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, oʻzlashtirib yuborilganligi aniqlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




