18:16 / 23.03.2025
60 927
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida gaz importi 66,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yanvar-fevral oylari uchun tabiiy yoki sunʼiy gaz importi $35,8 mlnni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos daviga nisbatan 66,2 foizga kamaydi
Yanvar-fevral oylarida benzin importi $78,8 mlnni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga pasaygan. Elektr toki importi esa $43,5 mln tashkil etib, 23,9 foizga kamaygan. Koʻmir, koks, briketlar importida ham pasayish kuzatildi. Dastlabki ikki oyda $33,1 mlnlik koʻmir, koks, briketlar import qilinib, 2024-yilning mos davriga koʻra 21,3 foizga kamaygan.
2025-yil yanvar-fevral oylarida umumiy import hajmi $6,2 mlrdni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga kamaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi birinchi marta $10 mlrddan oshdi

“Apple” yangi smartfonini chiqardi. Uning narxi atigi 600 AQSH dollari

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

2024-yilda O‘zbekiston $1,28 mlrdlik avtomobillar import qildi

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar soni kamaydi — Markaziy bank