Buyuk Britaniya rossiyalik barcha yirik siyosatchilarni oʻz hududiga kirishini taqiqlamoqchi

Buyuk Britaniya yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiyadan barcha yuqori lavozimli siyosatchilar, amaldorlar va menejerlarning kirishini taqiqlamoqchi. Bu haqda “The Times” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
“Rossiya elitasiga bosim oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligi barcha mahalliy va federal vazirlar, shuningdek, yirik Rossiya kompaniyalari direktorlari va top-menejerlarining mamlakatga kirishi taqiqlanishini maʼlum qildi”, — deyiladi nashrda.
Bundan tashqari, shunga oʻxshash cheklovlar avval ham kiritilgani taʼkidlangan. Qayd etilishicha, bunday chora-tadbirlardan koʻzlangan maqsadlardan biri Buyuk Britaniyaning AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish siyosatiga qarshi noroziligidir.
Avvalroq, “Politico” jurnali Yevropa Ittifoqi rasmiylari va qator Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari AQSH prezidenti Donald Trampga bosim oʻtkazish va uning Ukrainadagi mojaro boʻyicha pozitsiyasidan noroziligini bildirish uchun Kiyevga kelishi haqida xabar bergan edi. Xususan, delegatsiya tarkibiga Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa kengashi prezidenti Antonio Kosta, shuningdek, Ispaniya, Shimoliy va Boltiqboʻyi mamlakatlari rahbarlari hamda Kanada kabi bir qator NATO davlatlari vakillari kiradi.




