10:51 / 17.02.2025
35 018

Epilepsiyani sun'iy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi UzNur.uz

 

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, sayyoramiz bo'yicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achilarlisi, keyingi davrda soni 5 million nafarga ortyapti

Bu patalogiya- bosh miyaning surunkali hastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha bo'lgan davrda rivojlanadi. Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I.Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroenstefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi.  Bu jarayonda sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.

Tadqiqotchilar yangi turdagi  tekshiruvni 108 kishida sinovdan o'tkazdi. Ularning yarmi fotosensitic bo'lmagan epilepsiya bilan og'rigan bemorlar, qolgan qismi sog'lom insonlar edi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv bo'lmagan turiga 71 foiz aniqlikda  tashxis qo'yish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan o'tkazilishi kutilmoqda.


epilepsiya, sun'iy intellekt, davolash
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing