10:54 / 15.02.2025
38 277

Zelenskiy Saudiya Arabistoni va Turkiyaga tashrif buyuradi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoni va Turkiyaga rasmiy tashriflarini e`lon qildi. Uning aytishicha, bu safarlar davomida Rossiya yoki AQSH vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilmagan.

 

Avvalroq Tramp maʼmuriyati Myunxenda Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Biroq Zelenskiy bunday reja mavjud emasligini tasdiqladi.

Ukraina prezidentiga koʻra, AQSH hali mojaroni tugatish boʻyicha aniq rejaga ega emas. Shuningdek, agar Ukraina NATOga qabul qilinmasa, mamlakatga 1,5 million kishilik armiya kerak boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Zelenskiy Kiyev Vashingtonga noyob tuproq metallari boʻyicha memorandum loyihasini taqdim etganini maʼlum qildi. BBC maʼlumotlariga koʻra, AQSH Ukraina taklifini koʻrib chiqish uchun juma kuni kechqurungacha vaqt soʻragan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing