10:53 / 21.01.2025
79 856

Tramp Oq uyga qaytdi va ishni quyidagilardan boshladi:

 

Tramp Oq uyga qaytdi va ishni quyidagilardan boshladi:

-Noqonuniy migratsiyani to‘xtatish uchun janubiy chegarada favqulodda holat joriy etdi va narkokartellarga terrorchilik tashkiloti maqomini berdi;

-AQSHning xorijga yordamini mamlakat manfaatlariga muvofiqligini baholash uchun 90 kunga to‘xtatdi;

-AQSH Kiyev uchun NATOning boshqa mamlakatlariga qaraganda $200 mlrd. ko‘p sarflaganini, endi boshqa ittifoq davlatlari bu masala bo‘yicha moliyaviy yukni o‘ziga olishi kerakligini aytdi;

-Zelenskiy Rossiya bilan bitim tuzishga tayyorligini ma’lum qildi va Putin bilan suhbatdan keyin mojaroga barham berish muddatini taxmin qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi;

-davlat syenzurasining oldini olish va so‘z erkinligini tiklash to‘g‘risidagi direktivani imzoladi;

-NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 %igacha oshirishlari kerakligini ta’kidladi;

-AQSHning JSST va Parij iqlim kelishuvidan chiqishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi;

-Kubani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida qayta belgiladi (Bayden uni ro‘yxatdan bir hafta oldin olib tashlagan edi);

-TikTok'ning yarmi Amerika kompaniyasiga sotilsa, ilovaning mamlkatda ishlashiga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi;

-fuqarolikni tug‘ma huquq bilan berishni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi;

-2021 yilda Kapitoliyga bostirib kirganlikda ayblangan 1500 ga yaqin odamni avf etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.


to‘g‘risidagi, imzoladi;, uchun, bilan, farmonni, AQSHning, boshqa, kerakligini, davlat, Tramp, qaytdi, ishni, quyidagilardan, boshladi, Noqonuniy, migratsiyani, to‘xtatish, janubiy, chegarada
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing