13:16 / 13.01.2025
93 457

Tramp Netanyaxudan Inauguratsiya kunigacha G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishishini istaydi

Tramp Netanyaxudan Inauguratsiya kunigacha G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishishini istaydi.

Respublikachi o‘z tilaklarini bo‘lajak Amerika ma’muriyatining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Vitkoff orqali yetkazdi.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan Inauguratsiya kuniga (20-yanvar) qadar G‘azo sektori bo‘yicha kelishuv tuzishni so‘ramoqda. Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

Yaqin Sharq bo'yicha bo'lajak Amerika ma'muriyatining maxsus vakili Stiv Vitkoff Netanyaxuga tegishli istakni bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vitkoff yahudiy davlatiga Qatardan kelgan va u yerda Qatar, Misr va AQSh vositachiligida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarda ishtirok etmoqda. Netanyaxu bilan uchrashuv yakunida u Dohaga qaytdi.

Kelishuvga erishish imkoniyati bor. Isroil muzokara guruhi rahbarlari kelishuvga erishish mumkinligiga ishonmaganlarida Qatarga bormagan bo‘lardi. Bu qiyin bo'ladi, lekin guruh bunga erishish uchun hamma narsani qiladi, dedi Axios.


bo‘yicha, Vitkoff, Isroil, erishish, Tramp, Netanyaxudan, Inauguratsiya, G‘azo, kelishuvga, Amerika, Yaqin, Sharq, maxsus, vakili, Axios, kunigacha, erishishini, istaydi, Respublikachi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing