18:45 / 20.12.2024
133 092

Rossiya armiyasi Kiyevga yirik raketa hujumi uyushtirdi Bir kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangan.

  

Rossiya armiyasi Kiyevga yirik raketa hujumi uyushtirdi.

Bir kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangan.

Bugun ertalab rus qo'shinlari Kiyevga yangi raketa hujumini boshladi. Ukraina poytaxtidagi kuchli portlashlar tufayli avtomobillar yonmoqda, turar-joy binolari vayron bo'lmoqda, vayronalar shahar ko'chalarida yotibdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi yaralangan. (https://t.me/BILD_Russian/20500)

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, raketalar nafaqat binolar va avtomobillar, balki shaharning issiqlik tarmoqlariga ham zarar yetkazgan. Bu esa yuzlab xonadonlar, tibbiyot muassasalari, maktab va bog‘chalarni isitishsiz qoldirdi.

Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining qoldiqlari ham Kiyev chekkasiga tushib, Boryspil aeroporti yaqinidagi 15 ming kvadrat metrlik omborxonada katta yong‘in sodir bo‘lgan.

Rossiya tomoni Kiyevga berilgan zarbalar Ukraina Qurolli kuchlarining Rostov viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirgan hujumiga javob ekanligini taʼkidladi.

Ushbu voqealar fonida Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Kreml shartlari bilan sulhga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaga o‘z kuchlarini to‘plash va jangovar harakatlarni qayta boshlash imkonini beradi. U, shuningdek, urushni tugatishda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning yordamiga umid bildirdi va Ukraina o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun “haqiqiy reja”ga muhtojligini ta’kidladi.


kishi, Rossiya, Kiyevga, Ukraina, raketa, halok, yaralangan, avtomobillar, ko‘ra, bo‘lgan, Kiyev, qayta, armiyasi, yirik, hujumi, uyushtirdi, bo’lgan, Bugun, ertalab
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing