10:50 / 11.12.2024
148 876

Bugun Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yol va boshqa mas’ullarni muddatidan oldin hibsga olishni talab qilgan rezolyutsiyani qabul qildi.

 

Bugun Janubiy Koreya parlamenti mamlakat prezidenti Yun Sok Yol va harbiy holat joriy etishda ishtirok etgan boshqa mas’ullarni muddatidan oldin hibsga olishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Milliy assambleya 10- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq hodisaga aloqador bo‘lgan asosiy sakkiz kishini, jumladan, davlat yetakchisi Yunni tezroq hibsga olishni talab qiluvchi rezolyutsiyani 191-son bilan qo‘llab-quvvatladi. So‘rovga 288 nafar deputatning 94 nafari qarshi chiqdi, uch nafari esa betaraf qoldi.

Parlamentdagi Birlashgan demokratik partiya fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Pak Son Jun prezidentning harbiy holatni joriy etishdan asosiy maqsadi – konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishdan iborat ekanligini aytdi. 

– Shu munosabat bilan Yun hamda “hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish jinoyati”dagi boshqa siyosiy shaxslar imkon qadar tezroq hibsga olinishi kerak, – deya ta’kidladi muxolifat partiyasi vakili.


Janubiy, Koreya, prezident, 2024, 2024 yil, siyosat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing