15:46 / 04.12.2024
160 118

Tramp Ukraina va Rossiyani muzokara o’tkazishga majburlamoqchi UzNur.uz

 

 

Donald Trampning maslahatchilari Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Rossiyaga hududiy imtiyozlarni o‘z ichiga olgan takliflarni ilgari surmoqda. Bu haqda Reuters AQSh saylangan prezidentining to‘rt maslahatchisiga tayanib xabar berdi.


 

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Tramp haligacha tinchlik rejasini yaratish boʻyicha ishchi guruh yigʻmagan. Hozir uning jamoasi g‘oyalar va takliflarni ishlab chiqmoqda, ularning asosiy maqsadi Moskva va Kiyevni muzokaraga majburlashdir.


 

Hozirda Ukrainaning yon berishlari va NATOga qo'shilishdan bosh tortishi bilan bog'liq uchta asosiy taklif mavjud.


 

 Agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokara qilishdan bosh tortsa, Qo‘shma Shtatlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin esa uni oshiradi.



Vladimir, Donald, Ukrainadagi, Rossiya, Reuters
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing