10:42 / 17.07.2025
112 689

Rossiya migrantlar yuborayotgan pul o‘tkazmalariga cheklov joriy qilmoqchi

 


Rossiya Davlat dumasi xorijga yuborilayotgan migrantlar pul o‘tkazmalariga miqdoriy cheklov kiritishni taklif qildi. Bu tashabbus bilan “Yangi odamlar” fraksiyasi deputatlari Aleksey Nechayev, Sardana Avksenteva va Vladimir Plyakin Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinaga murojaat qilishgan.


 Nima uchun bunday taklif berilmoqda?

Deputatlarning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada ishlayotgan xorijliklarning pul o‘tkazmalari ularning rasmiy daromadiga mos kelayotganini nazorat qilish imkoniyati yo‘q. Bu esa noqonuniy daromadlarni yashirish, soliqlardan qochish va mablag‘larni mamlakatdan olib chiqib ketishga yo‘l ochmoqda.


 Cheklovdan ko‘zlangan maqsad

– Moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirish

– Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish

– Migrantlar tomonidan jo‘natilayotgan mablag‘lar tasdiqlangan ish haqi doirasida bo‘lishi


Taklifga ko‘ra, migrantlar agar rasmiy daromadidan ortiq pul o‘tkazmoqchi bo‘lsa, bu mablag‘ manbai haqida deklaratsiya topshirishi va banklar bunday operatsiyalarni alohida nazorat qilishi lozim bo‘ladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing