10:20 / 13.06.2025
7 012

Bir tunda nimalar bo‘ldi?

 


➖13-iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli havo amaliyotini boshlaganini e’lon qildi. Zarbalar Erondagi yadro dasturi bilan bog‘liq obyektlarga yo‘naltirilgan;


➖Isroil zarbasi natijasida Eron Islom Inqilobi Gvardiyasi Korpusi (IRGS) bosh qo‘mondoni Hosseyn Salami halok bo‘ldi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida yana bir nechta yuqori lavozimli zobitlar va yadro sohasidagi olimlarning o‘limi haqida xabar berilmoqda;


➖Avizarbalar Tehron, Naton va Hamadon shaharlariga berilgani tasdiqlandi;


➖ CNN xabariga ko‘ra, Isroilning Eronga bergan zarbalari ortidan Donald Tramp o‘z kabinetida tezkor yig‘ilish o‘tkazgan;


➖AQSH bu operatsiyada ishtirok etmayapti, deya ta’kidladi davlat kotibi Marko Rubio;


➖Isroilda favqulodda holat e'lon qilindi va havo hududini yopdi. Mamlakat Erondan javob hujumini kutmoqda;


➖ Eron Tehron aeroportidagi barcha reyslarni bekor qildi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing