18:55 / 14.04.2025
24 109

Qirgʻiziston oʻz fuqarolariga nisbatan kuch ishlatilishi haqida maʼlumot berishni soʻrab, Rossiya elchisiga rasmiy nota topshirdi

 

2025-yilning 11-aprelida Moskvadagi “Bodrost” hammom majmuasida sodir boʻlgan Qirgʻiziston fuqarolarining ommaviy hibsga olinishi munosabati bilan 14-aprel kuni Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Sergey Vakunov taklif qilindi.


“Rossiya tomoniga huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan operatsiya, shuningdek, fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish asoslari toʻgʻrisida maʼlumot berish va agar kuch ishlatish asossiz boʻlsa, ushbu hodisa yuzasidan Moskvadagi huquqni muhofaza qilish organlar vakillariga nisbatan tegishli choralar koʻrish talabi bilan rasmiy nota berildi”, – deyiladi Qirgʻiziston TIV bayonotida.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing