14:07 / 04.12.2024
160 589

Janubiy Koreya muxolifati prezident Yun Sek Yeolga qarshi impichment jarayonini boshlaydi

Janubiy Koreya muxolifati prezident Yun Sek Yeolga qarshi impichment jarayonini boshlaydi

Ovoz berish 6 yoki 7 dekabr kunlari bo'lib o'tishi mumkin. 

Janubiy Koreyadagi muxolif partiyalar prezident Yun Sek Yolga impichment e’lon qilish taklifini kiritdi, deb yozadi “TASS”.

Ovoz berish 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda ko‘rib chiqilgandan keyin 24-72 soat ichida o‘tkazilishi kerak. 

Bu impichment bo‘yicha ovoz berish 6 yoki 7 dekabrda bo‘lib o‘tishini anglatadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya Milliy Assambleyasida 300 ta o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 108 tasi prezidentning “Fuqarolik kuchi” partiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Impichment uchun deputatlarning uchdan ikki qismi ovozi kerak.


Janubiy, impichment, muxolifati, Koreya, Yeolga, partiyalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing