Aloqabank “yoshlar banki”ga aylantirildi UzNur.uz
Prezident imzolagan uchinchi hujjatga koʻra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million soʻmgacha 7-yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va oʻquv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.
Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yoʻnaltiriladi. Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar gʻoyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qoʻllab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.
“Aloqa venchur” jamgʻarmasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilishga koʻmaklashiladi.
Bank, yoshlar, Prezident, Aloqabank




