10:44 / 17.01.2025
86 720
Yangi mobil qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab etiladi
Yangi mobil qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab etiladi.
Bunday bo‘lmagan hollarda foydalanuvchilar telefonni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, shuningdek, boj to‘lashga majbur bo‘ladilar.
"Agar UzIMEI tizimida olib kirilgan telefonning bojxona deklaratsiyasi haqida ma’lumot bo‘lmasa, u holda qiymatning 30%i miqdorida to‘lovini to‘lanishi kerak, shundan so‘nggina qurilma ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ungacha esa ulardan foydalanib bo‘lmaydi", - deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.
Deklaratsiya to‘g‘risidagi talab o‘tgan yilning 28-yanvaridan kuchga kirgandi. Shunga qaramay, 2024-yilning kuzida qo‘mita va UzIMEI deklaratsiya qilinmagan qurilmalarni aniqlash bo‘yicha integratsiyani yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

2030-yilga borib O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmini 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilgan

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi metapnevmovirus infektsiyasi bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi

O‘zbekistonda “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun imzolandi

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi