21:55 / 05.01.2025
105 750

Samarqanddagi novvoyxonada 1,3 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

 

Samarqanddagi novvoyxonada 1,3 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aniqlandi.


Samarqand viloyati Toyloq tumanida novvoyxonada tomonidan 1,329 milliard so‘m miqdoridagi gaz o'g'irlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, reyd jarayonida Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S. Ш.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Novvoyxona egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblangan.
Qayd etilishicha, barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.


tabiiy, novvoyxonada, Samarqand, viloyati, Toyloq, milliard, gazdan, noqonuniy, Samarqanddagi, so‘mlik, talontoroj, qilingani, aniqlandi, tumanida, tomonidan, miqdoridagi, o'g'irlandi, haqda, “Hududgazta’minot”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing