12:05 / 25.12.2024
124 844

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi

 

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.


Samarqand, davlat, veterinariya, meditsinasi, chorvachilik, biotexnologiya, universiteti, Toshkent, filiali, nisbatan, qarshi, kurashish, bilan, mansabdor, mansabdorlariga, jinoiy, qo’zg’atildi, Korrupsiyaga, agentligiga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing