Endilikda piyodalar yoʻldan "qo'l ko'tarib" o'tadimi?
Endilikda piyodalar yoʻldan "qo'l ko'tarib" o'tadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida piyodalarning yoʻldan oʻtish vaqtida qoʻlini koʻtarib oʻtgan videolari tarqalib, (https://t.me/OPER_UZ/83437) bu Toshkent shahar YHXBB tavsiyasi asosida ekanligi xabar berildi. (https://t.me/ishonchuz_official/6299) Bu rostmi?
Hukm- rost.
15-avgust kuni Toshkent shahar IIBB YXBB oʻzining rasmiy kanalida yoʻlovchilarning yoʻldan qoʻl koʻtarib oʻtayotgani tasvirlangan video joyladi. (https://t.me/ubdd_uz/21814)
Izoh sifatida bu holat tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarida insonlarga qulaylik yaratish sifatida joriy qilinayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Shu oʻrinda koʻplab fuqarolarda quyidagi savolni yuzaga kelmoqda:
Yoʻldan qoʻl koʻtarmagan holatda kesib oʻtish maʼmuriy javobgarlikka olib keladimi?
-Yoʻq.
"Yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisidagi" (https://lex.uz/acts/-2850459) qonunining " Piyoda majburiyatlari" boʻlimidagi 19- moddaga binoan, yoʻlovchilar faqat quyidagi holatlar orqali maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin:
- telefondan foydalanish;
- kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqish;
- video tomosha qilish hamda audio eshitish;
-eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish.
yoʻldan, Toshkent, oʻtish, piyodalar, koʻtarib, shahar, video, sifatida, quyidagi, maʼmuriy, javobgarlikka, Endilikda, "qo'l, ko'tarib", o'tadimi, Ijtimoiy, tarmoqlarda, shahrida, piyodalarning




