09:05 / 18.08.2025
6 427

Putin va Mirziyoyev Alyaskadagi sammit natijalarini muhokama qildi

 


17-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.


 Suhbat davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:


  • xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari;
  • 15-avgust kuni o‘tgan Rossiya–AQSH sammiti yakunlari;
  • Ukraina atrofidagi vaziyatni tez orada tartibga solish umidi;
  • savdo-iqtisodiy hamkorlikni hozirgi sur’atda davom ettirish hamda ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish choralari;
  • barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish zarurligi.


 Muloqot O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va xalqaro vaziyat bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirishga xizmat qildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing