14:33 / 13.08.2025
803

“Ovoz” loyihasi mualliflik huquqini buzdi

 

O‘zbekiston Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati, marhum Sherali Jo‘rayevning “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘i huquq egasi yoki vakolatli shaxslar ruxsatisiz “TALENT SHOW” MCHJning “Ovoz” loyihasida ishlatilgani bo‘yicha murojaat qildi.


O‘zbekiston Adliya vazirligi tekshiruviga ko‘ra, asar YouTubedagi “The Voice of Uzbekistan” kanali orqali keng ommaga taqdim etilgan va bu holat mualliflik huquqi buzilishi sifatida baholangan. Qo‘shiq tekshiruvdan oldin tarmoqdan o‘chirib tashlanganligi sababli, vazirlik faqat ogohlantirish bilan cheklandi.


Qonunga muvofiq, muallif yoki huquq egasi bunday holatda zarar o‘rnini qoplash o‘rniga BHMning 20 barobaridan 1000 barobarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega. Mas’ullarga kelgusida qonun talablariga qat’iy rioya qilish eslatildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing