12:01 / 16.07.2025
114 298

 IIV podpolkovnigi 18 000 dollar pora bilan qo‘lga olindi

 


Toshkentda ichki ishlar tizimida navbatdagi korrupsiya holati aniqlandi.

DXX va Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida IIVning yuqori lavozimli xodimi pora olayotgan paytda ushlandi.


Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i - podpolkovnik U.S. gumonlanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSh dollari talab qilgan.


 U ushbu mablag‘ evaziga Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini garovga almashtirish va’dasini bergan.


Biroq, va’da bajarilmagan.

Podpolkovnik pulning bir qismini olayotgan paytda qo‘lga olingan.


 Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 211- (pora olish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Hozirda u qamoqqa olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing