12:36 / 04.07.2025
49 713

Endi nodavlat OTM ochish uchun bankda 350 ming dollar bo‘lishi shart

 


Vazirlar Mahkamasining 403-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim muassasasi ochish tartibi kuchaytirildi. Endi talabgorlar qat’iy moliyaviy, infratuzilmaviy va strategik mezonlarga javob berishi lozim bo‘ladi.


 Litsenziya olish uchun asosiy shartlar:


  1. Ustav fondi — kamida 2 million AQSH dollari
  2. Bank depoziti — tijorat bankida 350 ming dollarlik mablag‘ zaxirasi
  3. O‘quv maydoni — kamida 5 ming kvadrat metr, binoning o‘ziga tegishli bo‘lishi shart emas, biroq kamida 5 yilga ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi kerak
  4. Rivojlanish konsepsiyasi — ta’lim sifati, moliyaviy model, boshqaruv, qabul rejasi va 5 yillik strategiyani o‘z ichiga olgan hujjat taqdim etilishi shart



Sof foydadan yo‘naltiriladigan mablag‘lar:

– Dastlabki 5 yil: yillik sof foydaning kamida 80%

– Keyingi yillarda: kamida 50% muassasa rivoji uchun sarflanishi belgilangan


Qachondan kuchga kiradi?

– Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tib kuchga kiradi

– Avval litsenziya olganlar esa 2026-yil 1-yanvargacha yangi talablarni bajargan bo‘lishi shart


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing