09:41 / 01.07.2025
54 726
Dehqonlar diqqatiga: 2025-yilda O‘zbekistonda 600 ming gektardan ortiq maydonga chigirtka tarqalishi mumkin
EastFruit axborot xizmatining prognoziga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda chigirtka bosqini xavfi ostida qolishi mumkin bo‘lgan maydon hajmi 608 ming gektardan oshishi mumkin. Bu holat mamlakat qishloq xo‘jaligida jiddiy xavf tug‘diradi.
Monitoring va kimyoviy kurash tadbirlari
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra:
- 2025-yil uchun chigirtka xavfi mavjud bo‘lgan 923,6 ming gektar maydon o‘rganilgan,
- Shundan 552,5 ming gektarida chigirtka tarqalishi aniqlangan,
- Ayni paytgacha 542,9 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilgan.
Kurash ishlari asosan quyidagi viloyatlarda olib borilmoqda:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlari
Bu hududlarda saksovul bukur chigirtkasi asosiy xavf manbai sifatida aniqlangan.
Chigirtka va tut qurti bilan kurashish xizmati:
- 24 soat faoliyat yuritmoqda
- Kimyoviy ishlovlar ertalab va kechqurun — hasharotlar kamharakat bo‘lgan vaqtda amalga oshirilmoqda
- Kunduz kuni esa maxsus guruhlar tomonidan monitoring va migratsiya yo‘nalishlari aniqlanmoqda
Mutasaddilar dehqonlar, fermer xo‘jaliklari va mahalliy hokimliklarni hushyorlikka chaqirmoqda. Chigirtkaga qarshi kurash – qishloq xo‘jaligi hosildorligini saqlab qolishning asosiy omili bo‘lib qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi

Ko‘p energiya talab qiladigan loyihalar Qoraqalpog‘istonda joylashtirilishi mumkin

O‘zbekiston Pokistondan mandarin importini vaqtinchalik to‘xtatdi

Qishloqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarning 2024-yilda erishgan natijalari muhokama qilindi

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi