12:17 / 27.06.2025
62 468

Jizzaxda “er kerak” degan reklama videosi sababli salon rahbari va bloger jazoga tortildi

 

 Jizzax shahrida keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan reklama aksiyasi ortidan go‘zallik saloni rahbari va blogerga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.



Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Er kerak” deb yozilgan plakatlar bilan kelinlik libosidagi 8 nafar qizning Jizzax ko‘chalarida yurgani aks etgan reklama videosi tarqalgan edi. Ushbu video jamiyatda turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi.


 Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada:


  • Aksiya mahalliy go‘zallik saloni tomonidan tashkillashtirilgani,
  • Unda ishtirok etgan qizlarga tushuntirish ishlari o‘tkazilgani,
  • Reklama tashabbuskori bo‘lgan salon rahbari va bloger sudga tortilgani ma’lum bo‘ldi.



Sud qaroriga ko'ra, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida huquqbuzar deb topildi va har biriga eng kam ish haqining 15 barobari miqdorida – 5,6 million so‘m jarima tayinlandi.


 Rasmiylar bunday holatlarda jamiyat axloqiy me’yorlariga zid bo‘lgan, noto‘g‘ri tushuniladigan yoki shov-shuvli reklama usullaridan voz kechish zarurligini ta’kidlamoqda.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing